Britaniya Rossiyaga zarba berish bo‘yicha taklif ishlab chiqyapti
18.10.2024 10:07
Unga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning havo bazalariga hujum qilishi mumkin.
Buyuk Britaniya Rossiyaga chuqur zarbalar berish bo‘yicha o‘z takliflari ustida ishlamoqda. Bu haqida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Toni Radakin bilan muzokaralar yakunida ma’lum qildi.
Kiyev Ukraina hududini bombardimon qilishda foydalaniladigan Rossiya havo bazalariga hujum qilish maqsadida Rossiya hududiga chuqur zarba berishga ruxsat olish uchun harakat qilmoqda. Rasmiy ravishda bunga ruxsat berilgani e’lon qilinmadi.