Britaniyalik qo‘shiqchi, One Direction pop guruhining sobiq a’zosi Liam Peyn Argentinada o‘lik holda topildi, deb xabar beradi BBC.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli musiqachi Buenos-Ayresdagi Casa Sur mehmonxonasining uchinchi qavatidan qulagan. Voqea joyiga tez yordam xizmati yetib kelganida, Peynning jasadi mehmonxona hovlisida yotgan edi.
“One Direction guruhining sobiq a’zosi bo‘lgan gitarachi Palermo hududidagi mehmonxonaning uchinchi qavatidan yiqilib halok bo‘ldi”, — deyiladi politsiya bayonotida.
Rasmiylarning qayd etishicha, avvalroq ularga “tajovuzkor va giyohvandlik yoki spirtli ichimliklar ta’sirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan erkak” haqida qo‘ng‘iroq bo‘lgan.
Buenos-Ayres tez yordam xizmati rahbari Alberto Kresenti mahalliy OAVga bergan intervyusida musiqachi yuqori qavatdan qulashi natijasida "o‘limga olib keladigan jarohatlar" olganini tasdiqladi.