Energiya tejovchi texnologiyalar majburiy o‘rnatilishi mumkin
12.09.2024 10:14
O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat muassasalari obyektlari, ko‘p kvartirali uylar va maydoni 1000 m/kv'dan ortiq bo‘lgan obyektlar uchun energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatishni majburiy etib belgilash taklifini ilgari surmoqda.
Partiyaning izohlashicha, mamlakatda turar-joy binolari energiya iste’moli bo‘yicha tarmoqlar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, ular umumiy energiya sarfining 39 foizini tashkil etadi va hozirgi kunda yiliga issiqxonalardan chiqadigan gazlar bo‘yicha eng yirik tarmoq hisoblanadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda binolarning 90 foizdan ortig‘i turar-joy binolari hisoblanib, ularning aksariyati (83 foiz) 1960-80 yillarda energiya samaradorligiga katta e’tibor berilmagan holda qurilgan.
"Ushbu g‘oya ijrochi binolarning energiya tejamkorligini oshirish, aholi uchun qulay sharoitlarni yaratishi bilan birga atrof-muhit muhofazasiga ham xizmat qiladi", — deydi O‘zbekiston Ekologik partiyasi.