Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi O‘zbekistonga keldi
09.09.2024 17:31
Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin 9-sentyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’ektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.