Rossiyalik dasturchi Ukrainaga 500 dollar xayriya qilgani uchun 15 yilga qamaldi
27-08-2025 09:53
Rossiyalik 45 yoshli erkak Sergey Irin mamlakat prezidenti Valdimir Putin rejimiga qarshi fikr bildirgani va muxolifat mitinglarida qatnashgani uchun xiyonatda ayblanmoqda. Erkak hibsga olinganida elektroshoker bilan so‘roq qilingan.
Sudda unga nisbatan 62 ming dollar jarima ham solingan. Irinning aytishicha, Ukraina mudofaa fondiga qilingan xayriya 2022-yil 27-fevralda amalga oshirilgan.