Sayyoramizda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Yaqin kelajakda epidemiologik vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Xususan, kelgusi 25 yil ichida bunday superbakteriyalar 39 milliondan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lishi prognoz qilinyapti.