07-08-2025 07:02

Qayd etilishicha, shu yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha respublika va viloyatdan tashkil etilgan ishchi guruh vakillari o‘z faoliyatini boshladi.
Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi xalqaro ahamiyatga molik M-39 Olmaota–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz–Termiz avtomobil yo‘lining Termiz–Boysun yo‘nalishida harakatlanadigan avtotransport vositalarining harakatlanish tezligini soatiga 130 kilometr qilib belgilash bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazdi.
Unda:
Shuningdek:
Mazkur yo‘nalishdagi mavjud oltita ko‘priklarning qoplama qismini to‘lqinsimon do‘ngliklarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.
Mutasaddilar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
O‘rganish ishlari amalga oshirilib, mutaxassislar tomonidan kamchiliklar bartaraf etilishi va shundan so‘ng qayta ko‘rikdan o‘tkazilib, ko‘rsatilgan kilometrlar oralig‘ida tavsiya etilgan tezlik joriy etilishining maqsadga muvofiqligi ma’qullangan.
