25-06-2025 06:47
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uchun yirik harbiy zavod qurish haqida farmon chiqardi. Maʼlumotlarga koʻra, yangi ishlab chiqarish majmuasi Shimoliy Koreya hududidagi allaqachon mavjud harbiy zavod yaqinida barpo etilmoqda. Zavod mahsulotlari Shimoliy Koreya ehtiyojlari uchun emas, balki Rossiya armiyasi uchun moʻljallangan.
Seuldagi Fridrix Naumann jamgʻarmasining Koreya byurosi rahbari Frederik Sporning BILD nashriga taʼkidlashicha, Rossiyaga qurol eksport qilish Shimoliy Koreya uchun muhim daromad manbaiga aylangan.
— “Ukraina urushi chogʻida rossiyaliklar uzoq masofaga uchuvchi bombardimonchilarining bir qismini yoʻqotdi. Shu bois, Rossiya quruqlikda qoʻllanadigan ballistik raketalarga katta eʼtibor qaratmoqda. Shimoliy Koreya esa KN-23 kabi qisqa masofali ballistik raketalarni yetkazib berayotgani aniq”, — deydi Frederik Spor.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yil davomida Shimoliy Koreyada oʻq-dorilar ishlab chiqarish ancha jadallashgan. Pxenyan Rossiyaga millionlab snaryadlar va koʻplab raketalar yetkazib bergani aytilmoqda.