24-07-2025 08:00
Biroq Coca Cola kompaniyasi bu bayonotdan bexabar edi. Kompaniya Trampga taklif uchun minnatdorlik bildirgan bo‘lsa-da, ular yuqori fruktozali makkajo‘xori siropini ham tabiiy mahsulot ekanligini ta’kidladi. Oradan olti kun o‘tib, kompaniya AQSHda kuzda shakarqamishli Coca Cola mahsuloti chiqarilishini rasman tasdiqladi.
Bu o‘zgarishlar hukumat tomonidan majburan emas, balki ko‘ngilli asosda amalga oshirilmoqda. Tramp va AQSH sog‘liqni saqlash bo‘yicha kotibi Robert Kennedi kompaniyalarni «Amerikani yana sog‘lom qilaymiz» dasturiga qo‘shilishga undamoqda. Ular sun’iy va kuchli qayta ishlangan mahsulotlarga qarshi chiqmoqda.
So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki:
10 amerikalikdan 6 nafari oziq-ovqatlardan sun’iy bo‘yoqlar olib tashlanishini istaydi;
87 foiz aholining fikricha, hukumat oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirishi kerak.
Trampning yondashuvi qanday ishlaydi?
The Financial times nashriga ko‘ra, Trampning yangi, oqilona qonunlar qabul qilish o‘rniga, kompaniyalar bilan ko‘ngilli kelishuvlarga erishish orqali o‘zgarishlar kiritishni ko‘zlaydi.
Ba’zi tarafdorlar bu uslubni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular fikricha, Tramp ortiqcha hujjatbozliksiz ish yuritmoqda va jamoatchilik e’tirof etgan masalalarda ixtiyoriy kelishuvlar orqali tezroq natijaga erishmoqda.
Lekin bu yondashuvning xavfli jihatlari ham yo‘q emas:
Qonun emas, balki prezident istagiga qarab o‘zgaruvchi qoidalar uzoq muddatli ishonchni pasaytiradi;
Kompaniyalar investitsiya va innovatsiyalarni rejalashtirishda ikkilanishi mumkin;
Tramp va Kennedi faqat omma bosimiga uchragan holatlarnigina ko‘rib chiqmoqda. Bu esa boshqa muhim muammolar e’tibordan chetda qolishiga olib keladi.
Muammoli oqibatlar
Tramp va Kennedi qarorlarni to‘satdan, hech narsaga asoslanmagan holda chiqarishi, tadbirkorlarni xavotirga solmoqda.
Yaqinda Kennedi boshchiligidagi yangi vaktsina qo‘mitasida ba’zi a’zolar grippga qarshi vaksinalarda tarkibiy moddani yoqtirmagani sababli, ularning tavsiyalari o‘zgartirildi. Natijada, ayrim farmatsevtika kompaniyalari vaksina ishlab chiqarish rejasidan voz kechdi. Chunki ular hukumat istalgan paytda qoidalarni o‘zgartirishi mumkin, deb xavotirda.
Xuddi shunday holat Coca Cola atrofida ham yuz berdi. Trampning posti ortidan yuqori fruktozali makkajo‘xori siropiishlab chiqaruvchi kompaniyalar – ADM va Ingredion – aksiyalari keskin tushdi. Shundan so‘ng, Coca Cola yangi mahsulot shunchaki mavjud kolaning qo‘shimcha varianti bo‘lishini aytib o‘tdi.
Coca Cola retseptlarini sir saqlashga harakat qilmoqda. Ammo hukumat siyosati esa, mutlaqo teskari – u ochiq, aniq va ishonchli bo‘lishi kerak.