Yillik aylanmasi 100 mlrd.dan ortiq kompaniyalar 2 barobar ko‘paygan
11.09.2024 08:42
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi xabar berishicha, hozirgi kunda mamlakatda 300 mingta korxona muttasil faoliyat olib bormoqda va ularning 2/3 qismi so‘nggi 5 yillikda tashkil etilgan.
Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi, Mavjuda Hasanovaning ma’lum qilishicha, yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘rta korxonalar soni 2 karra ko‘paygan.
Aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq yirik korxonalar soni esa 2 ming 200 dan oshgan. Bu – o‘tgan yilga nisbatan 2 baravarga ko‘proq.
Partiya shuningdek, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshgani va shu yilning olti oyida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 karra o‘sib, 14 milliard dollarga yetganini bildirmoqda.