Toshkentda yo'l transport hodisasi oqibatida 3 nafar fuqaro vafot etdi.
Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida 1985-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 71 va 60 yoshli fuqarolarni urib yuborgan.
Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxt poyasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur yo'l transport hodisasi oqibatida haydovchi va ikki piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Yurtdoshlarimizdan yo'llarda ehtiyot bo‘lib harakatlanishlarini, haydovchilardan esa belgilangan tezlik me'yori va yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilishlarini so'raymiz.