06-08-2025 13:31
Ushbu vosita tarkibida tikanakli kavar (Capparis spinosa L.) kurtaklari va pishmagan mevalaridan olingan ekstrakt mavjud bo‘lib, uning asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
— Polisaxaridlar (30–35%)
— Flavonoidlar (5–10%)
— Suvda eruvchan oqsillar (20–25%)
Vosita Parkinson kasalligining oldini olish va davolashda qo‘llaniladi hamda kam nojo‘ya ta’sirga ega.
Parkinson kasalligi — markaziy asab tizimining surunkali xastaligi bo‘lib, titroq, qotib qolish, harakat cheklanishi kabi belgilar bilan kechadi.
Har qanday yangi, sanoatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnik yechim ixtiro sifatida huquqiy muhofazaga ega bo‘ladi, deyiladi xabarda.