07-08-2025 09:59
Ma’lum qilinishicha, quyidagi ko‘chalarda soat 12:00 dan 23:00 gacha avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi:
— Cho‘ponota – Qatortosh ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qism;
— Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor – KXAYA ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qism;
— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi — KXAYAdan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq.
Yuzaga kelayotgan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raldi. Aholi va haydovchilardan aylanma va yaqin atrofdagi ko‘chalar orqali harakatlanishni tavsiya etildi.
Shuningdek, Shuningdek, «Toshshaxartransxizmat» konsert ishtirokchilari uchun maxsus avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.
Avtobuslar quyidagi manzillardan harakatlanadi:
Harakat boshlanishi: soat 16:00 dan va bepul, avtobuslar to‘xtovsiz qatnovni amalga oshiradi