06-08-2025 13:29
Rasmiy bayonotga ko‘ra, ushbu akkauntlarning ko‘pchiligi Janubi-sharqiy Osiyodagi uyushgan jinoyat markazlari bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim hollarda majburiy mehnat orqali yuritilgan.
Meta ushbu ma’lumotni foydalanuvchilar uchun yangi aksil firibgarlik chorasi joriy etilayotgani bilan izohladi. Yangi xavfsizlik tizimi aloqa manzili ro‘yxatida yo‘q foydalanuvchi sizni guruhga qo‘shganda ogohlantirish beradi.
Mazkur chora oxirgi payt keng tarqalgan firibgarlik tizimiga qarshi kurashga qaratilgan. Bunda jinoyatchi muayyan akkauntni o‘zlashtirib oladi yoki soxta investitsiya chizmasi bilan bog‘liq guruhga qo‘shib, aldashga urinadi.
Qayd etilishicha, “WhatsApp” bu akkauntlarning ko‘pchiligini firibgarlar to‘liq foydalanishga ulgurmasdan aniqlab, bloklab qo‘ygan.
Masalan, Meta va “ChatGPT” ishlab chiquvchisi “OpenAI” bilan hamkorlikda Kambojadagi bir firibgarlik tizimi fosh etilgan. Jabrdiydalarga ijtimoiy tarmoqda ma’qullash (layk bosish) orqali pul topish taklif qilingan. Aslida, bu soxta moliyaviy piramida edi.
Odatda firibgar qurboniga dastlab SMS-murojaat yo‘llaydi, so‘ngra muloqotni ijtimoiy tarmoq yoki messenjer orqali davom ettiradi. Ko‘pincha aldov jarayoni kripto yoki to‘lov platformasida yakun topadi.
– Agar oldindan to‘lov talab qilinayotgan bo‘lsa, bu aldamchi usul bo‘lishi ehtimoli juda yuqori, – deyilgan Meta bayonotida. Kompaniya Janubi-sharqiy Osiyo, xususan Myanma, Kamboja va Tailandda faoliyat yuritayotgan firibgarlik markazlari xavfidan ogohlantirgan. Bu markazlar odamlarni aldov yo‘li bilan yollab, majburan firibgarlik bilan shug‘ullanishga jalb qilish holatlari uchramoqda.
Hududiy rasmiylar aholini hushyor bo‘lish, “WhatsApp” ikki bosqichli autentifikatsiya (two-step verification) funksiyasidan foydalanishga chaqirmoqda.
Metaning so‘nggi harakatlari raqamli firibgarlikka qarshi global kurashda muhim qadam sifatida baholanmoqda. Mutaxassislar fikricha, foydalanuvchining shaxsiy ehtiyotkorligi va raqamli savodxonligi bu borada hamon hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.