28-10-2025 13:13

Dastlab o‘qituvchi topshirilgan insholar uslubida juda ko‘p o‘xshashliklar borligini sezgan. Barcha matnlarda bir xil fikr ketma-ketligi, bir xil tahrir uslubi va sun’iy intellektga xos “mukammal” tuzilma mavjud edi. Shu sababli u talabalardan tushuntirish xati talab qildi, lekin bu safar ham talabalar ChatGPT’dan foydalandi.
Dekanatga yuborilgan xatlarning barchasi bir xil jumla: “Chin dildan uzr so‘rayman” bilan boshlangan edi: professor bu holatdan yana shubhalanib, xatlarni solishtirdi va ularning bir xil qolipda yozilganini payqadi. Natijada u barcha xatlarni yig‘ib, auditoriyada proyektor orqali namoyish etdi. Talabalar esa noqulay ahvolda qolishdi.
Mazkur voqea qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalib ketdi. Talabalardan biri rasmlarni e’lon qilib: “ChatGPT’dan foydalanganimiz uchun hamma uzr so‘radi... Biz tamom bo‘ldik”, deya izoh qoldirdi.
Mutaxassislarning fikricha, bu holat yagona emas — so‘nggi yillarda AQSH, Kanada va Yevropadagi ko‘plab universitetlar ChatGPT kabi platformalardan noqonuniy foydalanish bilan kurashish uchun maxsus tartiblar joriy qilmoqda.
