10.08.2024 01:11
O‘limga olib keladigan kasallik Nigeriyaning 34 shtatida, jumladan, poytaxt Abujada ham tarqaldi, deb yozadi Anadolu.
Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) ma'lumotlariga ko‘ra, halokatli kasallikdan o‘lganlar soni 163 nafarga etgan.
Nigeriya hukumati kasallikni davolash uchun 3 ta dori aniqlanganini aytdi.
O‘tgan yili Nigeriyada Lassa isitmasi bilan kasallangan 1227 ta holat aniqlangan, ulardan 219 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
Lassa isitmasi birinchi marta Nigeriyada 1969 yilda mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida aniqlangan.
Nigeriya hukumati o‘tgan yilning fevral oyida Lassa isitmasi sababli favqulodda holat e'lon qilgan edi.
Lassa isitmasi kalamushlar va sichqonlar tomonidan tarqaladi. Ushbu xavfli kasallik odamdan odamga o‘tadi va o‘limga olib kelishi mumkin.
Mamlakat hukumati odamlarni ehtiyot choralari va gigiena me'yorlariga rioya qilishga chaqirdi