AQSh O‘zbekiston fuqarolarining tashrif vizasiga arizalarining qariyb 65 foizini rad etdi
25-06-2025 07:17
Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.
2024-yilda AQSh O‘zbekiston fuqarolarining B-1/B-2 tashrif vizasi uchun arizalarining qariyb 65 foizini rad etdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.
AQSh 2024 fiskal yili uchun O‘zbekiston fuqarolarining B-1/B-2 tashrif vizasiga arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Bu ma’lumot AQSh Davlat departamenti hisobotida mavjud. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.