Moskva markazidagi Wildberries ofisi yonida otishma yuz berdi va bir necha kishi hibsga olingan. Bu haqda Rossiyaning TASS agentligiga huquq-tartibot idorasi vakillari ma’lum qilgan.
“Bugun bir necha kishi hibsga olindi va ularning barchasi Arbat tumani ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi”, - dedi agentlikka xabar bergan shaxs.
Wildberries asoschilaridan biri Tatyana Bakalchukning so‘zlariga ko‘ra, bu Vladislav Bakalchuk, Sergey Anufriyev va Vladimir Bakin boshchiligidagi muvaffaqiyatsiz reyderlik harakatidir.
Tatyana Bakalchuk o‘z murojaatida huquq-tartibot idoralari xodimlaridan vaziyatni nazorat qilishni so‘ragan.
TASS agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya poytaxti Moskva markazidagi Wildberries ofisi oldida otishma sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘lgan, yana 7 kishi jarohatlangan.
Avvalroq Wildberries va Russ qo‘shma kompaniyasi matbuot xizmati onlayn-riteylerlar hamkori Vladislav Bakalchuk o‘z qo‘riqchilari bilan birga ofisga bostirib kirishga uringani haqida xabar bergan edi.