10.08.2024 00:55
Frantsiya mezbonligi ostida o‘tayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bo‘yicha final uchrashuvida -71 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev Meksika vakili Marko Alonso Verde Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi va uni mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medaliga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi medallari soni 7 taga etdi - 4 ta oltin va 3 ta bronza.