Shu yilning 16-sentyabr kuni Amur viloyatida gʻoyib boʻlgan “Robinson R66” rusumli vertolyoti halokatga uchragani maʼlum boʻldi. Hodisa oqibatida uning bortdagi uch kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda Zeya tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Vertolyot topildi, bortdagi uch kishi halok boʻlgan. Vertolyot favqulodda mayoq qoldirilgan joydan topildi”, — deyiladi xabarda.
“112” telegram kanaliga koʻra, vertolyot bortida oltin qazib oluvchi “Xergu” MCHJ kompaniyasi egasi Mikael Arutyunyan, uning yordamchisi Sheram Tovmasyan va uchuvchi Yuriy Barabash boʻlgan.
Hodisaga texnik nosozlik sabab boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
Vertolyot bir kun avval yoʻqolgani haqida xabar berilgandi. Qutqaruvchilar undan favqulodda radiomayoq signalini olishgan. Signal Beregovoy va Kirovskiy qishloqlari yaqinidagi Zeya tumanining botqoq hududida gʻoyib boʻlgan. Qidiruvlar ishlari havo va yerdan olib borildi.