06-10-2025 10:16
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 369 ta umumiy ovqatlanish korxonasi jismoniy shaxslardan 184 turdagi mahsulotni 162,5 mlrd so‘mga xarid qilgan. Ular orasida eng ko‘p talab qilinayotgan mahsulotlar — 552 tonna mol go‘shti (50,6 mlrd so‘m), 158 tonna qo‘y go‘shti (20,3 mlrd so‘m), 344 tonna guruch (8,4 mlrd so‘m) va 580 tonna pomidor (8 mlrd so‘m) bo‘lgan.
Shu bilan birga, 353 ta eksportyor tashkilotlar 96 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jami 4,7 trln so‘mdan ortiq qiymatda xarid qilgan. Eksport uchun eng talabgor mahsulotlar — 52,3 ming tonna shaftoli (657,7 mlrd so‘m), 44,9 ming tonna uzum (588,3 mlrd so‘m), 22,8 ming tonna gilos (578,2 mlrd so‘m) va 24,1 ming tonna quritilgan mevalar (439,4 mlrd so‘m) hisoblanadi.
Elektron dalolatnomalarni joriy etish hujjat aylanmasini soddalashtirib, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratdi. Eng muhimi, bu mexanizm bozorda oshkoralikni ta’minlab, daromadlarni legallashtirish hamda agrar sohada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekiston fuqarolariga jami 976 mingta xarid cheki bo‘yicha 906,6 mlrd so‘m miqdorida keshbek qaytarildi.