Jahon

Eronda davlat tomonidan amalga oshirilgan qatllar soni ikki baravarga oshdi — BMT
2025 yilning birinchi yarmida Eronda amalga oshirilgan qatl jazolari soni 2024 yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga oshdi. BMT Inson huquqlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri kamida 612 kishi qatl etilgan.

Ukrainada 60 yoshdan oshganlarga armiyada xizmat qilish huquqi berildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi qonunni imzolab, 60 yoshdan oshgan fuqarolarga harbiy holat paytida armiyaga ixtiyoriy ravishda qo‘shilish imkonini yaratdi. Bu Ukraina armiyasidagi kadr tanqisligini bartaraf etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

“Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri
Buyuk Britaniya agar Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazib berishni to‘xtatishda davom etsa va anklavdagi harbiy operatsiyani tugatmasa, sentyabrda BMT Bosh assambleyasi sessiyasi boshlanishidan oldin Falastin davlatini tan olishga tayyor. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer devonxonasi bayonotida ma`lum qilindi.

Twitter asoschisi tomonidan Bitchat Mesh nomli oflayn messenjer ishlab chiqildi
AppStore’da Twitter asoschisi Jek Dorsi tomonidan yaratilgan Bitchat Mesh messenjeri paydo bo‘ldi. Ilovaning o‘ziga xosligi shundaki, u internetga bog‘liq bo‘lmay, foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqa faqat Bluetooth orqali amalga oshiriladi.

“Tramp ultimatum muddati tugaganidan so‘ng qanday harakat qilishi noma’lum” — The Guardian
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni hal etish muddatlari buzilganda qanday choralar ko‘rilishi haqida ma’lumot bermayapti. Kelishuvga erishish uchun belgilangan vaqt bo‘yicha Amerika pozitsiyasi qat’iylashtirilganiga qaramay, uni e’tiborsiz qoldirish oqibatlari masalasi hali ham ochiq qolmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi yozmoqda.

ChatGPT yozishmalari sudda oshkor qilinishi mumkin — Sem Altman
OpenAI rahbari Sem Altmanga ko‘ra, ChatGPT orqali olib borilgan shaxsiy yozishmalar huquqiy imtiyozlarga ega emas va sud jarayonida oshkor qilinishi mumkin. Sud kompaniyani hatto o‘chirilgan yoki vaqtinchalik deb belgilangan yozuvlarni ham saqlashga majbur qilgan.



