Jahon

AQSH yaqin uch yarim yil ichida Oyga qo‘nishni rejalashtirmoqda — NASA
AQSH astronavtlarni Donald Trampning prezidentlik muddati tugashidan oldin, ya’ni uch yarim yil ichida Oyga qo‘ndirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda transport vaziri, NASA direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shon Daffi ma’lum qildi.

AQSHda dunyodagi eng uzun chaqmoq qayd etildi
AQSHning Texas va Kanzas shtatlari orasida 2017-yil oktyabrda kuzatilgan 829 kilometr uzunlikdagi chaqmoq uzunlik bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda BMT huzuridagi Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) bayonotida ma’lum qilindi.

Isroil Falastin davlatini Yevropada tuzishni taklif qildi
Isroil Knessetining spikeri Amir Ohana, Falastin davlatini tan olishni istagan mamlakatlar uni Falastin hududida emas, balki o‘z poytaxtlarida tashkil etishlari kerakligini bildirdi. Bu bayonot Jenevada Parlamentlararo ittifoq tomonidan tashkil etilgan parlament spikerlarining oltinchi jahon konferensiyasida yangradi.

Janubiy Koreyada fuqarolarga shimolliklar bilan ruxsatsiz muloqot qilish imkoni berildi
Janubiy Koreya hukumati 31-iyul kuni o‘z fuqarolariga shimoliy koreyaliklar bilan ruxsatsiz bemalol muloqot qilish imkonini taqdim etdi. Buning uchun aholi hukumatni oldindan xabardor qilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.





