31-07-2025 12:12
Mamlakat birlashish vaziri Chung Dong Yongning aytishicha, Shimoliy Koreya fuqarolari bilan aloqani taqiqlovchi deklaratsiya 30-iyul kuni bekor qilingan. Shu paytgacha fuqarolar shimolliklar bilan aloqalar qilishda qiyinchiliklarda duch kelib, so‘nggi yillarda ikki koreyaliklar o‘rtasidagi muloqotlar deyarli to‘xtab qolgandi.
Oldindan bo‘lajak aloqalarni hukumatga bildirish talabi ikki davlat o‘rtasidagi keskin munosabatlar bilan bog‘lanmoqda. Qo‘shni davlatlar o‘rtasida 1950—1953-yillarda Koreya urushi sodir bo‘lib, u sulh bilan yakunlanganiga qaramay, mamlakatlar hali hanuz ziddiyatda.
“Aholiga shimolliklar bilan shaxsiy aloqalar o‘rnatishga ruxsat berildi. Xalqaro erkin muloqot o‘zaro tushunishga, bu esa birgalikda tinch yashashga olib keladi”, dedi vazir Chung.
Koreya urushi Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasida 1950-yil 25-iyunda boshlanib, 1953-yil 27-iyulda sulh bitimi bilan yakunlangan. Janubiy Koreyani AQSH hamda BMT qo‘shinlari, Shimoliy Koreyani esa SSSR va Xitoy qo‘llab-quvvatlagan. Bu urushda halok bo‘lganlar soni aniq emas, ammo turli manbalarga ko‘ra 2,5 milliondan ortiq odam halok bo‘lgan.