31-07-2025 12:21
Reuters agentligi Yaponiya Meteorologiya agentligiga tayanib xabar berishicha, ushbu ko‘rsatkich mamlakat tarixidagi eng yuqori harorat hisoblanadi. Avvalgi rekord 2018 yilda Kumagayya shahri va 2020 yilda Xamamatsu shahrida qayd etilgan 41,1 darajali ko‘rsatkich edi.
O‘tgan hafta Yaponiyada 10,8 mingdan ortiq odam issiqlik urishi bilan kasalxonaga yotqizilgan, 16 kishi esa issiqdan vafot etgan.
Haroratning bu darajada ko‘tarilishi Yaponiyada tobora keskinlashib borayotgan iqlim o‘zgarishlarining yana bir tasdig‘i sifatida baholanmoqda. Meteorologlar bunday issiq to‘lqinlar odamlar salomatligiga xavf solishi va infratuzilmaga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.
Joriy yilda Yaponiyada yoz mavsumi o‘ta shiddatli issiqliklar bilan boshlandi. Mahalliy hokimiyat organlari aholini salqin joylarda bo‘lish, suv iste’molini ko‘paytirish va quyosh ostida uzoq qolmaslikka chaqirmoqda.
Yaponiyadagi bunday yuqori haroratlar iqtisodiy va ekologik masalalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hukumat bu kabi holatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini kengaytirish zarurligini tan olmoqda.