O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
14.09.2024 12:10
O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida 18 davlat bilan muzokaralar o‘tkazdi va shulardan 14 davlat bilan muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzolandi. Ushbu davlatlar qatorida Braziliya va Shri-Lanka ham bor.
Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
Ayni vaqtda Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada o‘tkazilayotgan JSTning 2024 yilgi Jamoat forumida ishtirok etmoqda.