2025. 29-Oktabr. Chorshanba
Rossiya Bosh shtabi generallari prezident Vladimir Putinga ikki-uch oy ichida Ukrainaning frontdagi mudofaasi qulashiga va’da bergan. Bu haqda Kremlga yaqin manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.
Xitoyda chivin chaqishi orqali yuqadigan chikungunya virusi tez sur’atda tarqalmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bu kasallik O‘zbekistonga xavf solmasligini ma’lum qildi.
Dunyoda geroin va fentanilga qaraganda ancha kuchli ta’sirga ega yangi narkotik — nitazen tarqalmoqda. Giyohvand modda iste’molidan allaqachon yuzlab odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 4-avgust kuni G‘azo sektorini to‘liq bosib olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
Elektr ta’minotidagi uzilishlar va suv sathining pasayishi bilan kechgan jazirama to‘lqini Eron hukumatini favqulodda choralar ko‘rishga majbur qildi.
Kamchatkada ro‘y bergan 8,8 magnitudali zilziladan so‘ng 7 ta vulqon faollashdi. Ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, bunday vulqon faolligi so‘nggi marta 1737-yilda kuzatilgan. Bu hodisa «vulqonlar paradi» deb atalmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroildan G‘azo sektorida insonparvarlik inqirozining oldini olish uchun falastinliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni talab qildi. U AQSH ham bu borada katta yordam ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
Kecha, 4-avgust kuni Fransiya poytaxti Parij shahri va mamlakatning shimoliy hududlari o‘rtasida poyezdlar qatnovi elektr uzilib qolishi oqibatida jiddiy tarzda izdan chiqdi. Bu haqda “France Info” xabar berdi.
Isroil tomonidan qamal qilingan G‘azo sektorida so‘ngi 24 soat ichida yana olti nafar falastinlik ochlik sababli halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir al-Bursh ma’lum qildi.
Joriy haftadan Turkiyaning Izmir viloyatida suv sarfi yuqori bo‘lgan hududlarda suv uzilishlari boshlanadi. Bu haqda mahalliy davlat tashkilotlariga tayanib, “Son soz” xabar berdi.