"Eshak go‘shti": noto‘g‘ri talqin qilingani aytilmoqda
18.09.2024 09:31
Eshak go‘shtini iste’mol qilinadigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, eshak go‘shti bilan bog‘liq qonun loyihasida eshak go‘shtini iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan.
Bu qonun “go‘sht iste’moli” haqida emas, balki hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish, kuzatish munosabatlarini tartibga soladi.
Matbuot xabarnomasidagi tahririy xato tufayli tushunmovchilik kelib chiqqan.