
AQSHning Rod Aylend shtatida deyarli 40 yil sudyalik qilgan va Caught in Providence (Providensda qo‘lga olinganlar) ko‘rsatuvi orqali dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan sudya Frenk Kaprio 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Pokistonda musson yomg‘iri boshlangan iyun oyining oxiridan beri kuchli yomg‘ir yog‘ishi va shunga bog‘liq hodisalar tufayli kamida 660 kishi halok bo‘ldi va 929 kishi jabrlandi, deb xabar berdi dushanba kuni Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi.

AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari yadro urushining insoniyat va tabiatga ta’siri borasida tadqiqot olib bordi. Uning natijalariga ko‘ra, yer yuzida juda kuchli ocharchilik sodir bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda The New York Post xabar berdi.

Olimlar hujayralarning qarish jarayoni boshlanishiga sabab bo‘ladigan va bu jarayonni butun organizm bo‘ylab tarqatadigan oqsilni aniqladi. Yangi tadqiqot yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning zanjir reaksiyasi tarzida qanday tarqalishini tushuntiradi va ularni sekinlashtirish yo‘llarini taklif qiladi.