20-08-2025 05:06
AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Tehronga qarshi «maksimal bosim» kampaniyasi doirasida Eronning Xitoyga neft eksportini butunlay to‘xtatish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Pentagonning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida fors tilida chop etilgan bayonotida aytilgan.
«Tramp ma’muriyati Eron rejimini o‘zining buzg‘unchi faoliyati uchun javobgarlikka tortish uchun Eronning Xitoyga neft eksportini nolga tushirishga qaror qildi», — deyiladi hujjatda.