25-10-2025 06:28

Mazkur cheklov natijasida Germaniya sanoati, jumladan avtomobilsozlik va elektronika tarmoqlari, zarur komponentlar ta’minotida jiddiy uzilishlarga duch keldi.
“Biz chiplar tanqisligidan katta zarar ko‘rdik, chunki Germaniya iqtisodiyoti ularga kuchli darajada bog‘liq. Shu bois Xitoy savdo vaziriga rasmiy demarsh yubordik”, — dedi Germaniya iqtisodiyot va energetika vaziri Katarina Rayxe.
Berlin Pekindan “tezkor deeskalatsiya”ni va chiplar eksportini qayta yo‘lga qo‘yishni talab qilmoqda. Biroq hozircha vaziyat hal bo‘lmagan.
Shu bilan birga, Germaniya tashqi ishlar vaziri ham Xitoyga bo‘lishi kerak bo‘lgan ilk rasmiy tashrifini bekor qildi. Pekin faqat Van I bilan uchrashuvga rozi bo‘lgan.
Bloomberg‘ning yozishicha, bu holat so‘nggi oylarda shiddat bilan sovuqlashgan Germaniya–Xitoy munosabatlariga yana bir zarba bo‘ldi. Germaniya kansleri Mers Pekinga nisbatan qattiq siyosat yuritish tarafdori bo‘lib, u ham Si Szinpin bilan uchrashishni rejalashtirgan, ammo bu tashrif ham ehtimol amalga oshmasligi mumkin.
