25-10-2025 09:59

Syuzanna Somers 2023-yilda vafot etgan edi. Er-xotin bu vaqtga kelib 55 yildan ortiq baxtli yashab kelgan edi. Shu sababli Hamelga sevimli turmush o‘rtog‘isiz yolg‘iz hayotga ko‘nikish qiyin bo‘ldi. Kunlarning birida u bir vaqtlar rafiqasi bilan muhokama qilgan qiziqarli loyihani esladi. Unga ko‘ra, millionlab muxlislariga ega Syuzannaning virtual egizagini yaratish edi. Bu g‘oya marhumaning o‘ziga tegishli edi, endilikda Hamel bu loyigani oxirigacha yetkazish bilan band.
Juftlik sun’iy intellekt egizagini yaratish haqida birinchi marta 1990-yillarda ixtirochi va futurolog Rey Kursveyl bilan uchrashganda muhokama qilgan. Rey Kursveyl odamlar qachondir raqamli shaklda mavjud bo‘lishi mumkinligini aytganida, Syuzanna darhol:
“Biz albatta shunday qilishimiz kerak, bu mening o‘quvchilarim va muxlislarimga foydali bo‘ladi’’ degan edi. Hamel rafiqasining bu istagini bajara olayotgani unga taskin berishini bildirdi.
Bugungi kunda esa kelajak haqidagi texnologik g‘oyalar haqiqatga aylangan. Tez orada Hamel rafiqasining raqamli egizagi — Suzanne AI Twin’ni taqdim etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Somersning sun’iy intellekt versiyasi aktrisaning jami 27 ta kitobi, yuzlab intervyu va ommaviy chiqishlaridagi ma’lumotlari asosida o‘qitilgan. Keng ma’lumotlar bazasi tufayli virtual versiya uning nutqini, ifoda uslubini to‘liq takrorlay oladi va hatto murakkab savollarga javob beradi.
Alan Hamel bunga shaxsan ishonch hosil qilgan: a virtual Syuzannaga bir nechta savol berib ko‘rgan va SI haqiqatan ham Syuzanna kabi javob bergan. Qiziqarli jihati, uning na yuzida, na ovozida deyarli farq sezilmagan:
“Avvaliga sun’iy intellekt bilan gaplashish menga g‘alati tuyuldi, lekin bir necha daqiqadan so‘ng men rafiqam bilan avvalgidek gaplashgandek bo‘ldim. Bu juda hayratlanarli edi’’.
