14-08-2025 07:20
Qayd etilishicha, mazkur tadbir ko‘lami jihatidan global xalqaro forum hisoblanib, unda har yili 10 mingga yaqin kosmik soha mutaxassislari va kompaniyalar ishtirok etadi.
Ushbu tadbir mezbonligiga nomzod davlat imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger O‘zbekistonga keldi. U Samarqand va Toshkentda infratuzilma, xavfsizlik va logistika imkoniyatlarini o‘rgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro astronavtika kongressiga Ilon Mask tashrifi ham kutilmoqda. Ma’lumki, Mask shu vaqtgacha o‘tkazilgan mazkur anjumanlarga maxsus vakil sifatida qatnashib, muvaffaqiyatli loyihalarni ilgari surib kelgan.