02-07-2025 13:02
"Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin hamda Ozarbayjon Bosh prokurori Kamran Aliyev Moskva va Boku o‘rtasidagi muammoli masalalarni muhokama qilmoqda", — degan Dmitriy Peskov.
U, shuningdek, Ozarbayjonda hibsga olingan Rossiya fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanilishini ta’kidlagan.
"Yekaterinburgda hibsga olishlar turli jinoyatlar, jumladan Ozarbayjon fuqarolariga qarshi jinoyatlarni tergov qilish doirasida amalga oshirildi", — deya qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti matbuot kotibi.