Jahon

Yangi AirPods Pro 3 yurak urishini kuzatish funksiyasi bilan chiqadi
Apple yangi AirPods Pro 3 ni nafaqat quloqchin, balki sog‘liqni kuzatuvchi shaxsiy assistentga aylantirmoqchi. Apple yaqinda AirPods Pro 3 ni yurak urishini kuzatish funksiyasi bilan taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Bloomberg insayderi Mark Gurman xabar berdi.

AQSH xorijlik jurnalist va talabalar vizasiga cheklov kiritishni ko‘rib chiqmoqda
AQSH ma’muriyati talabalar, almashinuv dasturi ishtirokchilari va xorijlik jurnalistlar uchun vizalar muddatini qisqartirish rejasini e’lon qildi. AQSH xorijlik jurnalist, talaba va almashinuv dasturi ishtirokchilari vizasiga aniq muddat belgilash taklifini muhokamaga qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Shimoliy gaz quvurining portlashi: Germaniya ukrainaliklarni hibsga olish uchun order berdi
Operatsiyaning barcha ehtimoliy aybdorlari aniqlandi va ular Ukraina fuqarolari, deb yozdi nemis OAVlari. Ukraina tomoni qo‘poruvchilikka aloqadorligini rad etdi. Germaniya 2022-yilda “Shimoliy oqim” gaz quvurini portlatishda gumon qilingan olti kishini hibsga olishga order berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyani amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha aybdorlar aniqlangan va ular Ukraina fuqarolari. Bu haqda 27-avgust, chorshanba kuni nemis OAVlari xabar berdi.

Ukraina hujumlari Rossiyada benzin tanqisligini keltirib chiqarmoqda
Bunaqasi Rossiyada 1990-yillardan beri kuzatilmagan edi. ISW hisobotida yozilishicha, benzin tanqisligi va iqtisodiy beqarorlikka olib kelgani taxmin qilinmoqda. Rossiya esa benzin eksportiga taqiqni yana ikki oyga cho‘zdi.

Isroil G‘arbiy sohildagi reyd davomida qariyb 447 ming dollarni musodara qildi
Isroil armiyasi tortib olingan pullarni “terror mablag‘lari” deb atamoqda. Yahudiy harbiylari 26-avgust kuni Ramalloh shahridagi valyuta ayirboshlash shoxobchasiga hujum uyushtirgan. Hodisada tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan.




