28-08-2025 07:26

Die Zeit, Suddeutsche Zeitung nashri va ARD telekanalining qo‘shma tekshiruvi natijasida portlashlarni tayyorlashda to‘rt nafar g‘avvos, jumladan, bir ayol, portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassis, shuningdek, shkipper va operatsiya koordinatori ishtirok etgani aniqlandi. Koordinator Italiyada hibsga olingan, hozirda Germaniya uni ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda. U konstitutsiyaga zid bo‘lgan sabotaj, portlash uyushtirish va binolarni vayron qilishda ayblanmoqda, bu esa maksimal 15-yillik qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.
Xabar qilinishicha, operatsiyaning ehtimoliy ishtirokchilaridan biri frontda halok bo‘lgan, qolganlari esa Ukrainada yashiringan bo‘lishi mumkin. Ular Polshada gumonlanuvchilardan birini qo‘lga olishga uringan, biroq u Ukraina harbiy attashesi mashinasidan foydalanib qochib ketgan. Shu bilan birga, Germaniya Ukraina rasmiylariga boshqa gumonlanuvchilarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubormagan.
Materialga ko‘ra, Germaniya hukumati bu tergovdan masofani saqlashga harakat qilmoqda. Jurnalistlarning qayd etishicha, tergov xulosalari Fridrix Mers idorasida siyosiy keskinlikni keltirib chiqarmoqda. Biroq Ukraina tomoni qo‘poruvchilikka aloqadorligini rad etdi, deb xabar berdi korrespondent.net.
