20-10-2025 10:27

Ukrainaning Donbass mintaqasi urushni tugatish uchun “bo‘linishi” kerak, uning katta qismi Rossiya nazorati ostida qolishi kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp 19-oktyabr, yakshanba kuni Rossiya-Ukraina urushining tugashi masalasidagi bayonotida aytdi, deb xabar berdi dw.com.
“Barchasi qanday bo‘lsa shunday qolsin. U allaqachon bo‘lingan. Menimcha, mintaqaning 78 foizi allaqachon Rossiya tomonidan band qilingan”, dedi Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga.
“Ular keyinroq o‘zaro nimagadir kelishib olishlari mumkin. Ammo hozircha mojarodagi har ikki tomon ham front chizig‘ida to‘xtashlari kerak – uylariga qaytishlari, janglarni to‘xtatishlari, odamlarni o‘ldirishni bas qilishlari kerak”, dedi Oq uy rahbari.
Tramp Zelenskiyni butun Donbassdan voz kechishga chaqirmadi
Tramp 19-oktyabr kuni The Financial Timesdagi maqolani rad etdi. Unda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Amerika Prezidenti uni butun Donbassni Rossiyaga topshirishga undagani va aks holda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainani “yo‘q qilishini” qo‘shimcha qilgan.
Tramp: Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni kamaytirmasa, boj to‘lashda davom etadi
Jurnalistlar bilan uchrashuvda Tramp Hindiston haqida ham fikr bildirdi va Bosh vazir Narendra Modi Rossiya neftini xarid qilishni cheklashga va’da berganini eslatdi. Agar bu amalga oshmasa, Nyu-Dehli “katta bojlar” to‘lashda davom etadi, deya qo‘shimcha qildi AQSH Prezidenti.
