Jahon

04-09-2025 10:59
Internet foydalanuvchilarining 40 foizi yangiliklarni o‘qishdan bosh tortmoqda — tadqiqot
Bugungi kunda ko‘plab internet foydalanuvchilari dunyoda sodir bo‘layotgan so‘nggi yangiliklarni o‘qimaslikni afzal ko‘rmoqda. Oksford universiteti qoshidagi Reuters jurnalistikani o‘rganish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil sentyabr oyiga kelib yangiliklar saytiga kirishni to‘xtatgan foydalanuvchilar 40 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.








