03-09-2025 06:34
Gansu provinsiyasida qurilgan mazkur stansiya Xitoyning katta energetik kompaniyasi — China Three Gorges Corporation loyihasi hisoblanadi. Stansiyada 200 metr balandlikdagi ikki ta minora va qariyb 30 mingta ko‘zgudan tashkil topgan yoritish tizimi joylashtirilgan. Ko‘zgular quyosh nurini yig‘ib, minoralar ichidagi tuz eritmasi orqali bug‘ hosil qiladi va turbinalarni aylantiradi.
Stansiyaning eng asosiy jihati — ikki minora bir vaqtning o‘zida yagona generatorga ulangan bo‘lib, nurlarning samaradorligi 24 foizgacha oshishi kutilmoqda. Bu tizim kunduzi ortiqcha issiqlikni tuz eritmasi orqali to‘plab, kechasi elektr ishlab chiqarishni davom ettiradi. Mahalliy mutaxassislar aytishicha, ko‘zgular quyosh harakatini kuzatib, tongda sharq tomonga, kechqurun esa g‘arb tomonga yo‘naltiriladi.
Loyiha Xitoyning yirik energiya majmuasining bir qismi bo‘lib, unda quyosh, shamol va issiqlik manbalari uyg‘un holda ishlaydi. Stansiya faoliyati natijasida yiliga 1,53 mln tonna karbon chiqindisi oldi olinishi aytilmoqda.
Xitoyda 2023 yilda quyosh elektr quvvati 55 foizga o‘sdi, 216 GWdan ortiq yangi quvvatlar ishga tushirildi. Mamlakat hukumati 2030 yilgacha 1 200 GW qayta tiklanadigan energiya quvvati qurish majburiyatini olgan, ammo amalda bu ko‘rsatkichga besh yil oldin yetishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.