03-09-2025 05:56
Rejaga ko‘ra, tomoshabinlarga beshta yangi loyiha: original kartinalar va mashhur franshizalarning davomiy qismlari havola etiladi.
Birinchi bo‘lib premyera qilinadigan loyiha — “Sakrovchilar” (“Hoppers”) multfilmi bo‘lib, kartina 2026-yil 6-mart kuni katta ekranlarga chiqadi. Rejissyor Deniyel Chong ishlayotgan asarda yosh qizaloq Meyblning ongi mahalliy tabiatni himoya qilish uchun robot qunduz tanasiga ko‘chiriladi.
2026-yil 19-iyunda esa tomoshabinlar “O‘yinchoqlar tarixi 5” filmini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Rejissyor Endryu Stenton suratga olayotgan ushbu animatsion filmda o‘yinchoqlarning zamonaviy texnologiyalarga qarshi kurashi tasvirlanadi. Unda aktyorlardan Tom Henks (Vudi), Tim Allen (Bazz Layter) va avvalgi qismlarda ovoz bergan boshqa ovoz ustalari ishtirok etadi.
2027-yil 18-iyunda rejissyor Enriko Kazaros tomonidan ishlagan “Gatto” nomli original multfilm taqdim etiladi. Voqealar Venetsiyada kechadi, syujet markazida esa mushuklar mafiyasiga qarzdor bo‘lgan Nero laqabli mushuk bo‘ladi.
“Super oila” multfilmining uchinchi qismi 2028-yilda chiqishi rejalashtirilgan. Unga Piter Soyn rejissyorlik qiladi. Loyihaga Kreg T. Nelson, Xolli Xanter va Semuel L. Jekson kabi aktyorlar ovoz beradi. Syujet tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.
Shuningdek, Li Ankrich rahbarligida “Kokoning siri 2” multfilmi ustida ham ish olib borilmoqda. Uning premyera sanasi e’lon qilinmagan, biroq loyiha 2028-yilda ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.