08-09-2025 09:42
Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba 7-sentyabr, yakshanba kuni Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) raisi lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu uning mamlakat hukumati rahbari lavozimini tark etayotganini ham bildiradi.
AP agentligining xabar berishicha, Yaponiya hukumati rahbari o‘z partiyasining iyul oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridagi tarixiy mag‘lubiyati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga chaqiriqlar fonida o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgan. O‘shanda Isiba boshchiligidagi koalitsiya Yaponiya parlamentining yuqori palatasida ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotgan edi, deb xabar berdi dw.com.