
AQSH Prezidenti Donald Tramp Qatarga har qanday qurolli hujumni AQSH tinchligi va xavfsizligiga tahdid deb hisoblovchi farmonni imzoladi. Amerika tomoni Qatar manfaatlarini himoya qilish uchun “diplomatik, iqtisodiy va kerak bo‘lsa, harbiy choralar” ko‘rish majburiyatini olmoqda.

Namoyishchilar korrupsiya va ijtimoiy tengsizlikdan, shuningdek, shifoxonalardagi holat abgor bo‘lgani holda mamlakatda futbol bo‘yicha qit’a va jahon birinchiliklari uchun stadionlar qurilayotganidan norozi.

Antarktida yana xavotirli rekordlarni yangilamoqda: Janubiy yarimsharda qishda dengiz muzining maydoni bor-yo‘g‘i 17,81 million kvadrat kilometrga yetdi, bu oxirgi 47 yillik sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlaridagi uchinchi eng past ko‘rsatkichdir.