03-10-2025 10:58

Mazkur xabar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.
«Darhaqiqat, shu yilning 29 sentyabr kuni Istanbulda 6 nafar shaxs, jumladan, bloger "Jasmin" (Muzaffar Rahimov) ham mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olinib, 30 sentyabrda Maltepe yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, ular giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda.
Tintuv davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan, tergov davom etmoqda, — deyiladi Bosh konsulxona bayonotida.
