02-10-2025 09:28

Bu haqda GMA News tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy kengashga tayanib xabar berdi.
Kengash ma’lumotlariga ko‘ra, Sebu shimolidagi zilziladan 170 ming kishi jabrlangan, taxminan 20 ming kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, silkinishlar oqibatida ba’zi binolar vayron bo‘lgan.
Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 21:59 da 6,9 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Keyinchalik magnitudasi 1 dan 5 gacha bo‘lgan 2300 dan ortiq yer silkinishlari qayd etilgan. Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti ma’lum qilishicha, zilzila Bogo shahridan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda, 5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Sebu viloyatida favqulodda holat e’lon qilindi. Eng ko‘p o‘lim viloyat shimolidagi 90 ming aholisi bo‘lgan Bogo shahrida, shuningdek, San-Remijio va Medellin munitsipalitetlarida qayd etildi, deb xabar berdi report.az.
