
Iroq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Qosim al-A’rajiy Iroq o‘z yerlari yoki havo hududidan Eron yoki boshqa qo‘shni davlatlarga tahdid qilish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan.

Tibet platosida 3000 metr balandlikda barpo etilgan Xitoyning ulkan quyosh va shamol energiyasi parki 420 kvadrat kilometr maydonni egallab, dunyodagi eng yirik qayta tiklanuvchi energiya tizimlaridan biriga aylandi.

AQSH Prezidenti The Financial Times e’lon qilgan, Zelenskiyni butun Donbassni Rossiyaga berishga chaqirgani haqidagi xabarni rad etdi. Buning o‘rniga Tramp urushni tugatish uchun Ukrainadagi mintaqani hozirgi front chizig‘i bo‘ylab “bo‘lish” kerakligini aytdi.

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden prostata bezi saratonini davolashni boshlagani haqidagi xabarlardan keyin ilk marta jamoat oldida ko‘rinish berdi. Rasmlarda uning cherkovdagi marosimdan chiqib kelayotganini ko‘rish mumkin.