Jahon

Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
Luvr muzeyi o‘g‘irlangan zargarlik buyumlarining qiymatini 88 million yevroga baholadi. Parij prokurori olmos bilan bezatilgan asarlar maydalab yoki eritib yuborilsa, bozordagi narxi tushishini aytdi. «Ehtimol, o‘g‘rilar buni o‘ylab ko‘rishar va zargarlik asarlarini vayron qilishmas», - dedi prokuror Lor Bekko.

AQSHda yigit harakatlanayotgan avtomobilga sakrab, hushidan ketgan haydovchining hayotini saqlab qoldi
AQSHning Montana shtatida yashovchi 24 yoshli Markus Klevin hushini yo‘qotgan haydovchi boshqaruvidagi avtomobilni vaqtida to‘xtatib, uning hayotini saqlab qoldi. Hodisa Bozeman shahridagi avtoturargoh yaqinida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Nyu Yorkdagi 102 qavatli osmono‘par bino nuray boshladi
Nyu York markazida 2015-yilda qurilgan 102 qavatli osmono‘par bino nuray boshladi. Binoning tashqi fasadida ko‘plab yoriqlar va bo‘shliqlar paydo bo‘lgan, ichkarida esa vaqti-vaqti bilan liftlar buzilib, suv sizib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Soch tolasidan ham yupqa: ko‘zi ojizlar uchun mikrochipli implant yaratildi
Buyuk Britaniyada ko‘zi ojiz odamlarning ko‘z nurini tiklash maqsadida yangi kashfiyot qilindi. Unda klinik sinov o‘tkazilib, odam sochidan ham yupqa bo‘lgan elektron chip ko‘zi ojiz odamga o‘rnatildi. Natijada 38 nafar keksa bemor qayta ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.





