22-10-2025 11:51

20-oktyabr kuni ertalab ishga kelgan muzey xodimlari kirish eshigi buzilganini, oltin va kumush tangalar solingan shisha vitrina singanini aniqladi. Jinoyatchilar muzeyga qo‘yilgan tangalarning bir qismini o‘g‘irlab ketgan.
Gap 1790—1840-yillarda zarb etilgan va 2011-yilda muzey binosini restavratsiya qilish paytida topilgan tangalar to‘plami (1 633 ta kumush va 319 ta oltin) haqida ketmoqda. Ularning umumiy qiymati 90 ming yevroga baholangan. Muzeyning boshqa eksponatlari o‘z joyida qolgan.
Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari zudlik bilan xabardor qilingan. Hozirda muzey xodimlari o‘g‘irlangan tangalar sonini aniqlamoqda.
Langrdagi muzeyning talon-taroj qilinishi Parijdagi Luvr muzeyini tunab ketishganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi. Niqobli jinoyatchilar imperator kolleksiyasidan to‘qqizta eksponatni, jumladan, Napoleon va uning rafiqasi Jozefinaga tegishli zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. O‘g‘irlangan narsalarning umumiy qiymati 88 million yevroga baholanmoqda. Jinoyatchilar va qimmatbaho taqinchoqlar hali topilmagan.
Fransiyada sentyabr oyi boshidan beri muzeylar va kolleksiyalar talon-taroj qilinmoqda
Hozircha bu seriya ortida qandaydir jinoiy guruh turgani yoki gap tasodif jinoyatlar haqida ketayotgani aniq emas. Luvrni talon-taroj qilish holatida tergovchilar uning ortida professional uyushgan to‘da turganini aytmoqda.
