22-10-2025 10:38

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol piramidaning tor ichki yo‘laklaridan biriga o‘rnatilgan tik yog‘ochga sirpanib ketib, pastlikka qulagan. Hodisa guvohlari voqea joyiga favqulodda yordam guruhini chaqirgan.
Tibbiyot va favqulotda vaziyatlar xodimlari piramidaga yer ostidan taxminan 80 metrga cho‘zilgan tik qiya yo‘lak orqali kirgan. Ular qorong‘uda hushini yo‘qotgan ayolni qutqarib olgan va sayyoh hududdagi eng yaqin shifoxonaga olib ketilgan.
Qutqaruv ishlari bir necha soat davom etgan. Qutqaruvchilar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, ayolni tor yo‘laklar orqali ehtiyotkorlik bilan olib chiqqan. Yo‘lak torligi va havo yo‘qligi sababli jarayon mashaqqatli va uzoq davom etgan.
“Ayol tepaga chiqarilgan va davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan. Yodgorlikning chuqurligi va yo‘lak hududining torligi sababli qutqaruv ishlari uzoq davom etgan. Bu yopiq arxeologik obidada amalga oshirilgan eng qiyin qutqaruv harakatlaridan biri sifatida ta’riflandi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng baland nuqta bo‘lmish Everest tog‘ining uzoq Tibet yonbag‘rlarida qor bo‘roni 1000 ga yaqin odamni “qamab qo‘ygan” edi.
