21-10-2025 09:53

Gap Prima nomli 2 millimetr hajmdagi mikrochip haqida ketmoqda. U ko‘z to‘r pardasining markaziga joylashtiriladi. Ko‘rish va yozishga yordam berish uchun bemorlarga kichik kompyuterga ulangan videokameradan iborat kengaytirilgan reallik ko‘zoynaklari beriladi, ular bemorning belbog‘iga mahkamlanadi. U o‘qishni osonlashtirish uchun kattalashtirish funksiyasini o‘z ichiga oladi. Ko‘zoynakdagi kamera tasvirni chipga yuboradi, chip esa miyaga signallar uzatib, ko‘rish hissini qayta faollashtiradi.
BBC
Klinik sinov natijalariga ko‘ra, bemorlarning 84 foizi yana o‘qishni boshlagan. Ular chipdan foydalangan holda harflar, raqamlar va yozuvlarni ko‘ra olmoqda. Shifokorlar bu texnologiyani “ko‘rish tarixida yangi davr” deb atamoqda.
Bu yondashuv ayniqsa quruq makulyar degeneratsiya kasalligidan aziyat chekayotganlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bu kasallikda markaziy ko‘rish asta-sekin yo‘qoladi. Hozirgacha ushbu kasallikning samarali davosi yo‘q edi.
Mikrochip implantni o‘rnatish amaliyoti ikki soatdan kamroq vaqt davom etadi. Jarayondan keyin bemorlar ko‘rishni tiklash uchun bir qancha mashg‘ulotlardan o‘tadi. Bunda chipni o‘rnatishning o‘zi kifoya emas – undan foydalana olish uchun mashg‘ulot va moslashuv zarur.
“Avvallari ko‘zimda ikkita qora doira bor edi, o‘qishning imkoni yo‘q edi. Endi yana o‘qiy olyapman – bu men uchun ajoyib his”, degan sinovda qatnashgan bemorlardan biri.
