21-10-2025 13:01

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlarda haydovchi o‘z avtomobiliga o‘tirib, uni ishga tushirgach, kutilmaganda hushidan ketgani va eshikni yopishga ham ulgurmay qolgani aks etgan. Oradan bir necha soniya o‘tib, avtomobil boshqaruvsiz holatda aylana shaklida harakatlana boshlagan.
Shu vaqtda tasodifan do‘kondan chiqib kelayotgan Markus Klevin vaziyatni payqab qolgan. U dastlab buni oddiy texnik nosozlik yoki ehtiyotsiz harakat deb o‘ylagan. Biroq avtomobil ichida haydovchi harakatsiz holatda ekanini sezgach, darhol mashinaga yaqinlashgan. Markus ochiq eshikdan avtomobil ichiga sakrab kirib, tormozni bosishga muvaffaq bo‘lgan.
“Men vaziyatni ko‘rib, haydovchi mashinadan tushib qolgan deb o‘yladim. Ammo yaqinroq borganimda u hushsiz ekanini ko‘rdim. Bu holda tezkorlik bilan harakat qilish kerak edi”, deydi Klevin.
Transport vositasi to‘xtatilgach, u do‘konga qaytib, tez yordam chaqirgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilib, uning holati yaxshilangan. Hushdan ketishga surunkali charchoq yoki qisqa muddatli tutqanoq bilan bog‘liq bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Mahalliy mutasaddilar Markusning tezkor harakati yanada og‘ir oqibatlarning oldini olganini e’tirof etdi. Avtomobil ko‘plab mashinalar to‘plangan avtoturargohda harakatlanayotgani bois, u nafaqat haydovchini, balki atrofdagilarni ham xavf ostiga qo‘ygan edi.
Mahalliy OAV yigitni “qahramon” deb atadi. Markus esa o‘zini bunday deb hisoblamasligini aytdi:
“Men shunchaki to‘g‘ri ish qildim. O‘sha payt o‘rnimda boshqa odam bo‘lganida ham shunday qilgan bo‘lardi, deb o‘ylayman”, deydi Klevin.
